Poligrafiya
Vizitkalardan tortib kataloglargacha — Shades uslubini aks ettiruvchi va brendingizni professional namoyish etuvchi poligrafiya mahsulotlarini yaratamiz.

Vizitkalar, flayerlar, futbolkalar va korporativ suvenirlarga yuqori sifatli tezkor bosma xizmatlar. Barcha turdagi tashqi reklama maxsulotlari va xizmatlari.
01 / Xizmatlar
Kichik nusxalardan yirik korporativ tirajlargacha barcha talablarga mos xizmatlar.
Vizitkalar, flayerlar, bukletlar, kataloglar va korporativ qog‘oz mahsulotlari.
Futbolkalar, kepkalar, svitshotlar va hudilarga sifatli bosma va kashta.
Ruchkalar, bloknotlar, krujkalar, termoslar va zamonaviy brendlangan aksessuarlar.
Roll Up, X Banner, bayroqlar, tablichkalar va ko‘rgazma jihozlari.
Hajmli harflar, lightbox, bannerlar, stendlar va fasad reklamalari.
Kompaniya transport vositalarini vinil va oracal orqali harakatdagi reklamaga aylantirish.
02 / Ishlarimiz
Har bir mahsulot — yuqori aniqlik, sifatli xomashyo va mukammal brending namunasi.
Vizitkalardan tortib kataloglargacha — Shades uslubini aks ettiruvchi va brendingizni professional namoyish etuvchi poligrafiya mahsulotlarini yaratamiz.
Mijozlar, hamkorlar va jamoangiz uchun brendlangan sovg‘alar. Yoqimli taassurot qoldiradigan va esda qoladigan mahsulotlarni yaratamiz.
Peshlavhalar, bannerlar, hajmli harflar va reklama konstruksiyalari — brendingizni kerakli joyda yanada ko‘rinadigan qilamiz.
Kompaniyaning yagona vizual qiyofasini yaratamiz — alohida elementlardan tortib makon va kommunikatsiyalarni to‘liq brendlashgacha.
Futbolkalar, xudilar, pololar va boshqa kiyimlar — brendingiz bilan. Qulay kiyimlar brendingizning ajralmas qismiga aylanadi.
Avtomobillar va korporativ transportni brendlaymiz, har bir yo‘lni brendingiz haqida gapirish imkoniyatiga aylantiramiz.
03 / Jarayon
4 ta oddiy va shaffof bosqich orqali buyurtmangizni o‘z vaqtida topshiramiz.
Siz Telegram yoki telefon orqali murojaat qilasiz. Biz tiraj, o‘lcham va material bo‘yicha maslahat berib, optimal narxni hisoblaymiz.
Dizayningizni bosmaga tayyorlaymiz yoki yangi maket chizamiz. Ranglar va joylashuvni to‘liq tasdiqlaysiz.
Zamonaviy uskunalarimizda har bir nusxa sifat nazoratidan o‘tib, aniq vaqtida chop etiladi.
O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish xizmatlari orqali yetkaziladi.
04 / Afzalliklar
Mijozlarimiz bizga ishonishining asosiy omillari.
Har bir buyurtma texnik nazoratdan o‘tadi. Yaroqsiz mahsulotni darhol almashtirib berish kafolati bor.
Kelishilgan vaqtdan kechikmaymiz. Shoshilinch buyurtmalarni 24 soat ichida bajarish imkoniyati.
Faqat sertifikatlangan, yuvilganda tushmaydigan bo‘yoqlar, sifatli paxta va dizaynerlik qog‘ozlari.
Optimal narxlar va doimiy mijozlarga moslashuvchan chegirmalar.
05 / Savol-Javob
Buyurtma berishdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan muhim ma’lumotlar.
Trikotaj mahsulotlari 10 tadan. Vizitka, papka, paket, bloknot va ruchkalar 100 tadan. Flayer, buklet, doorhanger 1000 tadan. Sovg‘a to‘plamlari 10 tadan.
Oddiy raqamli bosma va futbolkalar 3-5 ish kunida tayyor bo‘ladi. Katta hajmdagi ofset yoki murakkab suvenirlar 5-7 ish kunini tashkil qiladi. Shoshilinch buyurtmalar 24 soatda topshirilishi mumkin.
Albatta! Bizning professional grafik dizaynerlarimiz sizning talablaringiz asosida noldan boshlab logotip yoki mahsulot maketini tayyorlab, tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ha, Toshkent shahri bo‘ylab kuryerlik yetkazib berish xizmati mavjud. O‘zbekistonning boshqa viloyatlariga esa pochta yoki BTS kurerlik xizmatlari orqali yuboramiz.
Barcha qulay to‘lov usullari mavjud: Online to‘lov sistemalari, karta orqali, korporativ mijozlar uchun hisob-raqam orqali shartnoma bilan pul o‘tkazish (perechisleniye) va naqd pul.
Ha, yirik korporativ tirajlar yoki maxsus buyurtmalar oldidan bitta namunaga sinov bosmasini (proba) amalga oshirib, sizga sifatini ko‘rsatib tasdiqlatamiz.
06 / Bog‘lanish
Savollaringiz bormi yoki narx hisoblash kerakmi? Mutaxassislarimiz yordam berishga tayyor.